“Ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi Y.Oripova Namangan viloyatiga tashrifi doirasida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida “Ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlash” mavzusi muhokama qilinib, quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
• Xotin-qizlarning tadbirkorlik imkoniyatlarini oshirish;
• Ishsiz ayollarni kasb-hunarga yo‘naltirish;
• Bandlikni ta’minlashning dolzarb yo‘llari;
• Uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari.
Uchrashuv davomida ayollarning faolligini oshirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar o‘rtaga tashlanib, ularni amalga oshirish yo‘llari muhokama qilindi. Bu kabi muloqotlar kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.