Baliqchi tumanida manzarali ko'chatlar ekildi
Andijon davlat o‘rmon xo‘jaligida “Ilm – loyiha – amaliyot” loyihasi asosida genetik seleksiya ishlari, urug‘chilik laboratoriyalari va yirik hajmli ko‘chatlarni yetishtirish uchun tajriba uchastkalari hamda onalik plantatsiyalari tashkil etilmoqda.
Davlat o'rmon xo'jaligi Baliqchi o'rmon bo'limi hududiga qo'shni va Yevropa davlatlaridan olib kelingan noyob manzarali ko'chatlar ekildi. Hozirda 1 gektar maydonga ekilgan 10 ming tupdagi kiparis, bresklet va magnoliya kabi daraxt turlari parvarish qilinmoqda.
Kelgusida ham bu kabi iqlimga moslashuvchan ko‘chat turlarini ko‘paytirish rejalashtirilgan.