Qidirish
11/10/22, 16:24
1550

E’lon

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi maxsus texnikalar (suv tashuvchi, yuk tashuvchi tentli, yuk tashuvchi (samosval) avtomashinalari va yuqori unumli traktor)lar harakati GPS kuzatuvi va yoqilg‘i sarfini maxsus dasturiy ta’minotlar orqali monitoring qilib borish xizmati uchun tanlov e’lon qiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, takliflar 2022 yilning 25 noyabriga qadar qo‘mitaning info@urmon.uz elektron manziliga qabul qilinadi.

Takliflar Qo‘mitaning xarid komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda eng ma’qul taklif tanlab olinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun mas’ul xodim Berdiyev Muzaffar  998 71 263 08 24 (ichki raqam 333)