Barcha shahar va qishloqlarda daraxt ekish bo‘yicha keng ko‘lamda ish olib borilmoqda
Yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning eng muhim vazifalaridan biri inson hayot sifati va farovonligini oshirishdan iborat bo‘lib, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida fuqarolarning munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish belgilab qo‘yildi. Bunda ayniqsa ekologik muammolarning yechimini topish, inson salomatligi yo‘ligi yashillik olamini kengaytirish dolzab mavzu darajasiga ko‘tarildi.
Bo‘stonliq tumanida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi jamoasi daraxt ekishdi.
O‘rmon xo‘jaligi agentligi huzuridagi Yashil hudud davlat unitar korxonasi tomonidan ko‘chat ekish uchun yer tayorlash ishlari olib borilgan edi. Daraxt ekishda barcha faol ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda Burchumullo o‘rmon xo‘jaligi, Ugam-Chotqol milliy tabiat bog‘i xodimlari va boshqa kungillilar faol ishtirok etishdi