Barcha yetkazib beruvchilarga e’lon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 apreldagi “Davlat organlari va korxonalarini yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5052-son qaroriga asosan 2022 yilda o‘rmon xo‘jaliklarini moddiy texnika bazasini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasida maxalliylashtirilgan maxsus texnikalar (suv tashuvchi, yuk tashuvchi tentli, yuk tashuvchi (samosval) avtomashinalari va yuqori unumli traktor) sotib olish uchun 20 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.
Qaroning 1 va 2 ilovalriga muvofiq 2021-2023 yillarda davlat organlari va korxonalari tomonidan yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xo‘jaligi texnikalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar, ularning rasmiy dilerlari hamda distribyutorlaridan xarid qilish ko‘rsatkichlari tasdiqlansin.
Shuningdek, qarorning 3-bandida ko‘rsatkichlarda nazarda tutilgan yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xo‘jaligi texnikalari mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ularning rasmiy dilerlari hamda distribyutorlaridan davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq sotib olinishi belgilangan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 apreldagi “Davlat organlari va korxonalarini yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5052-son qarori talablari asosida maxsus texnikalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar, ularning rasmiy dilerlari hamda distribyutorlaridan takliflarni 2022 yilning 24 apreliga qadar qo‘mitaning info@urmon.uz elektron manziliga qabul qiladi.
Takliflar Qo‘mitaning xarid komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda eng ma’qul takliflar tanlab olinadi.