Bekobod davlat oʻrmon xoʻjaligida amalga oshirilayotgan ishlar
Bekobod davlat oʻrmon xoʻjaligi 1945 yilda tashkil topgan boʻlib, muynqum, jiydali va shirinsoy boʻlimlariga boʻlingan. Ushbu boʻlimlarning jami yer 1608.1 gektarni tashkil etadi, shundan 814.9 gektar oʻrmon bilan qoplangan yerlar, 34.6 gektari qishloq joʻjaligi yerlari, 21.6 gektar bogʻ va uzumzorlar, 31,5 gektar koʻchatxona va nixolxonalar, 206 gektari suv oʻrni va 499,5 gektari boshqa yer maydonlaridan iborat.
2024-yilda xoʻjalik tomonidan 31,5 gektar koʻchatxona va nixolxona tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda jami 1725 ming dona koʻchat va nixollar parvarishlanmoqda.
2024-yilning 13-avgust kuni Oʻrmon xoʻjaligi agentligi direktori N.J.Bakirov xoʻjalik koʻchatxonasida boʻlib, bu yerda oshirilayotgan ishlar bilan tanishib sifatli koʻchat yetishtirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini hamda koʻrsatmalarini berdilar.