Qidirish
13/02/25, 08:08
284

Bektemir tumanida targ'ibot tadbiri tashkil etildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi O'rmon xo'jaligi agentligi tomonidan Toshkent shahri Bektemir tumanidagi "Musaffo" mahallasida joylashgan 346-umumta'lim maktabida targ'bot tadbiri o'tkazildi.

Bektemir tumani Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Agentlik mas'ul xodimlari, huquq tartibot organlari vakillari, mahalla faollari, o'qituvchilar va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so'z olgan Agentlik bosh yuriskonsulti B.Ismatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 1-sonli qarori mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash, yoshlar ta'lim-tarbiyasiga yanada jiddiy e'tibor qaratish borasida katta ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Ta'kidlandiki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda. Xususan, aholi o'rtasida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida bir qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, sodir etiladigan qonunbuzilishlarini o‘z vaqtida aniqlash va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish dolzarb vazifa hisoblanadi.

Tadbirda tuman Adliya bo'limi mas'ulllari A.Tojiboyev, A.Rahmonov hamda mahalla faollari ham so'z olib, bugun mahallalarda xavfsizlikni ta'minlash har qachongidan ham muhim ekanligi, bu borada mahalla faollari hamjihatlikda ish olib borishi va aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish bo'yicha targ'bot ishlarini yanada kuchaytirish kerakligini ta'kidlashdi. Tadbir davomida mazkur qarorning mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Yakunda ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.