Qidirish
14/09/23, 09:58
1430

Birlashib, ko‘chat ekib, bog‘ yarataylik!

Mamlakatimizda o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, “yashil maydonlar”ni kengaytirish ishlariga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, respublika hududlarida o‘rmonlar maydonini kengaytirish va o‘rmon fondi yerlaridan samarali foydalanish bilan bog‘liq bir qator ustuvor vazifalar belgilangan.

Bugungi kunda O‘rmon xo‘jaligi agentligi tasarrufidagi o‘rmon fondi yerlari maydoni respublika bo‘yicha 11,8 mln gektarni tashkil qiladi.

O‘rmon fondi yerlarining o‘rmon bilan qoplanganlik darajasi ko‘rsatkichi o‘rmon xo‘jaligida muhim faoliyat indikatori bo‘lib, hozirgi kunda mazkur ko‘rsatkich mamlakatimizda 5,3 mln gektarni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasiga asosan, o‘rmon fondi yerlari maydonini 14 million gektarga, shundan o‘rmon bilan qoplangan yerlarni 6 million gektarga yetkazish belgilangan. O‘tgan qisqa davrda esa bu borada keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.

Xorazm o‘rmon xo‘jaligi Qoqrali o‘rmon bo‘limida ko‘chatxona va niholxonalarini o‘rganish ishlari olib borildi. Ko‘chatchilik va urug‘chilikni rivojlantirish borasida mutaxassislar tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Azal-azaldan ko‘chat ekkan, bog‘ yaratgan insonlarga xalqimiz alohida ehtirom bilan qarab, ulug‘lab keladi. Bugungi kunda respublikada ko‘chatchilik tarmog‘ini rivojlantirishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Ko‘chatlarning to‘liq ko‘karishini ta'minlash uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasi ham joriy qilinmoqda.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati