Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!
Ayol ojiza, biroq kuchli, ayol zaifa, ammo irodali! Uning irodasi oldida lozim bo‘lsa buyuklar bosh egadi. Azaldan erkaklar himoyasida bo‘lgan sharq ayollarining qadr-qimmati hamisha e'zoz-u, e'tirof etilgan. Biroq so‘nggi paytlarda xotin-qizlarni kuchli jins vakillari tomonidan qadrsizlantirish, ularga tazyiq o‘tkazish, zo‘ravonlik qilish holatlari ham afsuski ko‘plab kuzatilmoqda.
Bunday salbiy holatlarning oldini olish maqsadida O‘rmon xo‘jaligi agentligida davra suhbati tashkil etildi.
Qayd etish kerakki, davlatimiz rahbarining shaxsiy tashabbuslari bilan so‘ngi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy xujjatlar qabul qilindi.
Tadbir davomida har bir ma'ruzachi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan zo‘ravonlik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda xotin-qizlarimizni xaq-xuquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlili, shuningdek, gender tenglik, ayollar va erkaklar o‘rtasida teng xuquqlar va imkoniyatlar, xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, gender zo‘ravonlikni oldini olish to‘g‘risida xabardorlikni oshirish to‘g‘risidagi ma'lumotlar berib o‘tildi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish imkoniga ega bo‘ldi.
Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati.