Qidirish
04/05/23, 09:18
1187

Bo‘stonliq tumanidagi Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligi faoliyati

Ma’lumki, 2001 yilga kadar Burchmulla o‘rmon xo‘jaligi O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining o‘rmon bo‘limi bosh boshqarmasining tasarufida bo‘lgan va 2001 yildan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 iyuldagi №262-sonli qaroriga asosan Toshkent viloyat hokimiligi Ugom-Chotqol DMTB boshqarmasi tashkil topdi va tarkibiga kiritilgan.

Qayd etish lozimki, tegishli qonunchilikka asosan, Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligining asosiy faoliyat turi belgilab qo‘yilgan.

Unga ko‘ra, Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligi tuproq erroziyasiga qarshi yangi o‘rmonorlar barpo qilish, o‘rmonlarni muhofaza qilish, o‘rmon fondi yerlarida o‘rmonchilikni rivojlantirishni amalga oshirish, o‘rmon fondi xisobi,tabiiy va madaniy o‘rmonzorlar hisobini olib borish, o‘rmonlarni holatini yaxshilash. Ulardan oqilona foydalanish, o‘rmonlarning mahsuldorligingi oshirish,yog‘och zaxiralarini ko‘paytirish,o‘rmonlarda belgilangan tartibda kesish ishlarini olib borish, o‘rmonlarning sanitar holatini yaxshilash hamda o‘rmon yerlarining meliorativ holatini yaxshilash kabi ishlarni amalga oshiradi. Shuningdek, reja asosida madaniy o‘rmonzorlar barpo qiladi, mavjud o‘rmonzorlarni o‘zboshimchalik bilan kesilishidan,yong‘in chiqishidan, zararkunandalardan himoya qiladi.

Hozirgi kunda Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligining umumiy yer maydoni 355580,36 gektar bo‘lib,13 ta bo‘limdan iborat.

Bugunga qadar, Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan “O‘rung‘och” davlat gidrologik tabiat yodgorligi atrofini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish maqsadida o‘rmon xo‘jaligimiz hisobidan yirik hajmli manzarali daraxtlardan 16 dona qirim qarag‘ayi, 10 dona klyon ko‘chati ekildi. “O‘rung‘och” davlat gidrolagik tabiat yodgorligi hududiga tashrif buyuradigan sayyohatlarga qulaylik yaratish hamda xavfsizligini ta’minlash maqsadida hududga olib boruvchi 650 m uzunlikdagi suqmoq yo‘llar yangidan qurildi. Yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilingan holda ko‘l atroflari chiqindi, tez yonadigan buyumlardan tozalandi.

Mazkur hududda xo‘jalikning o‘rmon ekish va qayta tiklash sohasida joriy yil bahorgi ko‘chat ekish davrida belgilangan rejaga ko‘ra xo‘jalikning tog‘li hududlarida 191 gektar maydonda o‘rmon ekish ishlarini olib borish rejalashtirilib, amalda jami 268,55 gektar maydonda o‘rmon ekish ishlari olib borildi. Jumladan;264,05gektar maydonda bodom urug‘idan, 4,5 gektar maydonda grek yong‘og‘i ko‘chatlari ekildi.

O‘rmon ekish ishlari, ko‘chatlar yetishtirish bilan bir qatorda ekologik muhitni yaxshilash va “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda faol ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida bo‘limlar va xodimlar kesimida ko‘chat ekish ishlari olib borildi.

O‘rmon xo‘jaligi tomonidan o‘tgan yillarda ekilgan 152,6 gektar maydondagi o‘rmon ekinlarida parvarishlash, tagini chopish, yumshatish va sug‘orish ishlari,63 gektar maydonda o‘rmon ekinlarini to‘ldirish, 67,85 gektar maydonda, joriy yil uchun yer tayyorlash olib borilidi. Sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash ishlari 44 gektar maydonda amalga oshirildi.

Asalarichilik sohasini bo‘yicha xo‘jalikda 1 ming 750 ta asalari oilasi mavjud. Ob-xavoning qulay issiq kunlarida joylarga olib chiqish rejalashtirilgan. Xo‘jalikda jami 2023 yil 1 aprel holatiga xo‘jalikda jami otlar soni 351 boshni tashkil qilib, shundan biyalar 76 boshni tashkil qiladi. Chorvachilikni rivojlantirish yuzasidan bir qancha ishlar olib borildi. Xo‘jalikda mavjud 381 bosh ona qo‘ylardan 01.04.2023 holatiga 332 bosh qo‘zi olindi. 2023 yil 1 aprel holatiga xo‘jalikdagi mayda shoxli mollar soni 1122 bosh, shundan ona qo‘ylar 381 boshni tashkil qiladi.


Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati