Qidirish
06/03/25, 12:30
127

Bobotog'da yangi pista maydonlari barpo etilmoqda

Erta bahordan Surxondaryodagi Bobotog' davlat o'rmon xo'jaligida ko'chat urug'larini ekish ishlari boshlab yuborildi. Hozirda o'rmon hududini kengaytirish uchun daraxtlar siyrak bo'lgan tog' va tog'oldi qiyaliklarida qo'l kuchi yordamida pista urug'lari ekilmoqda. O'rmon hududi qurg'oqchil yerlardan iborat bo'lganligi uchun suvsizlikka chidamli pista daraxti tanlab olingan.

Ta'kidlash joizki, kuz va bahor mavsumida qiyalik joylardagi ekish maydonchalarida yig'ilgan namlik daraxt ko'chatlarining unib chiqishini osonlashtiradi. Demak, ayni jihat hisobga olinib, reja bo'yicha ishlar tashkil etilsa, Bobotog' hududlarida ham yaxshi natijalarga erishish mumkin.

Pista urug'ini undirish jarayoni ham bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Ekilgan pista urug'lari aprel oyida ko'karib chiqadi. Unib chiqqan nihollar esa uch yildan besh yilgacha parvarishlanadi.

Bobotog' o'rmon xo'jaligida 2025-yil davomida 500 gektar yerga pista ekish re'jalashtirilgan bo'lib, hozirda hududdagi 260 gektar maydonga pista ekilgan.