Qidirish
05/12/23, 16:04
1080

BOSH QOMUSIMIZ VA MADHIYAMIZ – 31 YOSHDA!

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi keng nishonlanmoqda.

O‘rmon xo‘jaligi agentligida “Bosh Qomusimiz va Madhiyamiz 31 yoshda” mavzusida madaniy va ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

O‘zmon xo‘jaligi agentligi direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili haqidagi qonun hujjatlarga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Yulduz Oripova tadbirni boshqardi. O‘zbekiston XDP Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi raisi Shahzoda Qurbonova o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

2023 yil 30 aprelь kuni referendumda umumxalq ovozi bilan qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi davlat va jamiyat hayotini modernizatsiya qilish va mamlakatda konstitutsiyaviy qonuniylik muhitini yanada mustahkamlash uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lgani, asosiy qonun davlat organlarining faoliyatini demokratlashtirishga, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarni yaratgani qayd etildi.Tadbir qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda kechdi.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati.