Buxoro sharoitida bir tup saksovul o‘z ildizi atrofida 10 tonnaga yaqin qum va tuzni olib qolib, uni ko‘chishdan saqlaydi
Qonunchilikka ko‘ra, mamlakatimizda ekologik holatni yaxshilash, Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yi mintaqasidan ko‘tarilayotgan qum, tuz va chang zarrachalarining salbiy ta'sirini kamaytirish, ushbu hududlarda cho‘l o‘simliklaridan «yashil qoplamalar» — barpo etish ishlarini izchillik bilan davom ettirish maqsadida bir qancha chora-tadbirlar belgilab berilgan.
Shuningdek, Buxoro viloyati Olot tumani “Degizko‘l” cho‘l hududidan 40 000 gektar yer maydonlari tanlab olinib, xaritalari ishlab chiqilib, o‘rmon xo‘jaliklar tomonidan “yashil qoplamalar” himoya o‘rmonzorlarini barpo etish uchun tayyorlangan saksavul urug‘lari o‘rmon barpo qilinishi rejalashtirilgan joyga yetkazib berilmoqda.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, “Cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashda innovatsiyalar va yangi texnologiyalar juda muhim hisoblanadi. Bugungi kunda turli xil amaliyotlarning biofizik va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari ko‘rib chiqilmoqda. Qum va bo‘ronlarning qaynoq nuqtalarini aniqlash kabi masalalari o‘rganilmoqda.
Murakkab iqlim tabiatiga ega Buxoro sharoitida bir tup saksovul o‘z ildizi atrofida 10 tonnaga yaqin qum va tuzni olib qolib, uni ko‘chishdan saqlar ekan. Holbuki, azaldan kuchli shamoli, qahraton qishi-yu jazirama issig‘ida quruq havo oqimiga ega vohada, ayniqsa, cho‘lga tutash hududlarda suv tanqisligi sababli tuproq sho‘rlanishi, qolaversa, Qizilqum va Qoraqum kengliklaridan shamol va to‘'fonlar bilan ko‘p miqdorda qum va tuz ko‘chishlari madaniy zonadagi sug‘oriladigan ekin yerlariga katta xavf solib, meliorativ holatiga putur yetkazadi.
Shu nuqtai nazardan, viloyatda so‘nggi bir necha yildan buyon mahalla va qishloqlarga yaqin, cho‘lga tutash massivlarda “yashil qalqon” barpo etish, cho‘l o‘simliklarini ekish va ko‘paytirish orqali ekologik muammolarning oldini olishga tizimli ravishda kirishilgan.
Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati.