Qidirish
12/07/23, 11:20
631

Buxoro viloyati Jondor davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan tashkil qilingan parrandachilik kompleksiga 8 ming dona yangidan broyler jo‘jalari olib kelindi


Arzon, to‘yimli va tez yetishtiriladigan mahsulotlar bu parranda go‘shti va tuxumdir.

Ma'lumki, qonunchilikka ko‘ra, 2022 yil 1 iyundan boshlab Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan tijorat banklariga ularning buyurtmasiga asosan joylashtiriladigan 400 milliard so‘mgacha kredit resurslari hisobidan parrandachilik ho‘jaliklari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub'ektlariga don zaxirasi yaratish uchun Markaziy bank asosiy stavkasida 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha revolьver kreditlar ajratilishi belgilab qo‘yilgan. «Parrandasanoat» uyushmasiga a'zo bo‘lgan parrandachilik ho‘jaliklariga 2022 yil 1 iyuldan boshlab 2024 yil 1 yanvarga qadar davrda parrandachilik ho‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun davlat tomonidan ajratiladigan subsidiya miqdori 12 ming so‘m etib belgilangan.

Yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish maqsadida Buxoro viloyati Jondor davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan tashkil qilingan parrrandachilik kompleksiga 8 ming dona yangidan blorel jo‘jalari olib kelindi.

Qayd etish lozimki, arzon, to‘yimli va tez yetishtiriladigan mahsulotlar bu parranda go‘shti va tuxumdir. Xonaki tovuqlarni kooperatsiya asosida boqish ham yaxshi samara beradi. Shuning uchun parrandachilik va chorvachilikni qo‘llab-quvvatlash masalalari alohida e'tiborga olinmoqda. Buxoro viloyati Jondor davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan tashkil qilingan parrrandachilik kompleksida tadbirkorlikning mazkur turi bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoitlar mavjud. Mutaxassislar bilan ta'minlangan.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati