Buxoro viloyati Qorako’l ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan Qorako’l tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yarmarka tashkil qilindi!
Tadbirning maqsadi — ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil maydonlarni kengaytirish va jamoatchilikni tabiatni asrashga jalb qilishdir. 🍃
Yarmarkada o‘rmonchilik va bog‘dorchilikka oid qiziqarli ma’lumotlar, tabiiy resurslarni boshqarish bo‘yicha maslahatlar va ekologik loyihalar haqida fikr almashildi. 🧑🌾🌿
Tabiatga bo‘lgan mehrni oshirish va yashil maydonlarni ko‘paytirish — barqaror kelajak uchun muhim qadamlardan biridir!