Chinor va terakning xususiyatlari katta
Chinor daraxtlar ichida o‘zining uzoq yil yashashi, hattoki sho‘r tuproqda ham o‘sa oluvchi, shu bilan birgalikda, dorivor daraxtlar sarasiga kiradi. Mazkur daraxt ishqorli tuproqda yaxshi o‘sib, tutunga burkangan shahar sharoitida aynan bulg‘angan havoni tozalashga xizmat qiladi. Chinor uzoq yil yashashi bilan ko‘pgina boshqa daraxtlardan ajralib turadi. Yurtimizda ham yoshi mingdan oshgan chinorlar mavjud. Chinor ekologik ofatlarga chidamli daraxt. Bugungi kunda dunyo bo‘ylab uning 10 ta turi mavjud. Daraxt ko‘chatlari mart oyining oxiri-aprel oyining boshlarida quyosh tushib turadigan, ochiq joylarga ekiladi. Ko‘chatlar tutib ketmaguniga qadar sug‘orilib turishi lozim. Faqat qattiq qurg‘oqchilikdagina ular sug‘orishga muhtojdir.
Shuningdek, terak daraxti ham turli eroziyalarning oldini olish, ekinlarni ihotalab himoyalash va eng muhimi qurilishbop material tayyorlashda o‘rni benihoya katta. Terak ko‘chatlari tuproqning mexanik tarkibi, sizot suvining chuqurligiga qarab 8-12 marta sug‘oriladi. Qalamchalar ko‘karib, bir metrga yetgunga qadar qator orasiga 3-4 marotaba ishlov berilib, o‘g‘it solinadi. Dastlabki 2 oylik davrida har 10-15 kunda sug‘orilib turilishi kerak.
Daraxtlarning xususiyatlari amalga olingan holda Navioiy viloyati Xatirchi davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan terak va chinor kalamchalarini tayyorlash ishlari boshlab yuborilgan. Ko‘chat qalamchalarini tayyorlashda barcha zaruriy agrotexnik tavsiyalar inobatga olinmoqda.