Chorva mollarini o‘rmondan foydalanuvchi sifatida mavsumiy o‘tlatish haqida tegishli hujjatlar bo‘lishi lozimligi to‘g‘risida MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda (https://t.me/makarenko_channel/5202) Bo‘stonliq viloyatidagi qo‘ylar bilan bog‘liq muammo yuzasidan tarqalgan material yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 15 may kuni ayrim fuqarolar tomonidan avtotransport vositasiga ortilgan qo‘ylar Toshkent viloyati YHHB xoldimlari tomonidan Toshkent - Chorvoq avtomagistral yo‘lining Bo‘stonliq tumani Oqsoqotasoy hududida to‘xtatib qolingan.
Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tuman hokimligiga, tuman IIB, tuman DXX bo‘limiga, tuman veterinariya bo‘limi hamda Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i rahbariyatlariga xabar berilib, avtotransport vositasiga ortilgan qo‘ylarni kimga tegishli va qayerga olib ketilayotganligi haqida yuqorida qayd etilgan idoralar rahbari va tabiat bog‘i inspektorlari joyiga yetib borib surushtiruv o‘tkazilganda ushbu fuqaro avtotransport vositasiga ortilgan qo‘ylar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Yakkatut MFY.da yashovchi fuqaro T. R.ga tegishli ekanligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, fuqaro T.R. o‘ziga tegishli 1200 (bir ming ikki yuz) bosh qo‘ylarni qish mavsumi keskin sovuq bo‘lib, Yakkatut MFY.ning baland tog‘li hududlarida qor qalin yog‘ganligi sababli, Toshkent viloyati Chirchiq shahrining Mayskiy qishlog‘ini tepa hududida joylashgan fermada boqqib kelganligi, fuqaro Toshkent shahriga borib, shaxsiy avtotransport vositalari turargoh joyiga borib, haydovchilarni qo‘ylarni tashish uchun to‘lov asosida yollab, yuqorida ko‘rsatilgan hududdan qo‘ylarni turli viloyatlarda yashovchi haydovchilarning avtotransport vositalariga ortib kelayotganligini ma’lum bo‘ldi.
Fuqaroga bugungi kunda chorva mollarini mavsumiy o‘tlatish uchun Toshkent viloyat hokimining Farmoyishi chiqmaganligi haqida tushuntirilib, 8 ta atotransport vositalari va unga ortilgan 1 200 bosh qo‘ylari bilan birgalikda Bo‘stonliq tumani hududidan Toshkent viloyati YHHB hodimlari kuzatuvida ostida chiqarildi.