Qidirish
16/09/24, 15:26
1010

Chorva mollarini to‘g‘ri parvarishlash lozim

Chorva mollarini to‘g‘ri boqish ularning o‘sishi, rivojlanishi va mahsuldorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra to‘la qimmatli va to‘yimli ozuqalar bilan boqishga mollarni to‘g‘ri oziqlantirish deyiladi. Fiziologik jihatdan to‘la qimmatli deganda mollarning fiziologik holati (bo‘g‘ozligi, sog‘in davri, sutdan chiqarilganligi, ma’lum maqsad asosida boqilishi va boshqalar.) va ularning yoshi, vazni, jinsi, mahsuldorlik darajasini hisobga olgan holda ozuqa miqdoriga bo‘lgan ehtiyojini to‘la ta’minlash tushuniladi. Agar mollar sifatsiz ozuqa bilan noto‘g‘ri boqilsa, ularning mahsuldorligi pasayib ketadi, sog‘ligi yomonlashadi, yosh mollar o‘sish va rivojlanishdan to‘xtaydi.

To‘la qimmatli ozuqalar chorva mahsuldorligini oshiradi, o‘sish va rivojlanishini tezlatadi, serpushtligini ya’ni sog‘lom va yirik nasl olinishini ta’minlaydi.

Navoiy viloyati, Nurota davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan chorva mollari uchun kuz-qish mavsumidan talafotsiz olib chiqish maqsadida, dag‘al xashak va pichanlar yig‘ilmoqda. Yig‘ilgan pichanlarni yog‘ingarchilik mavsumida ham to‘g‘ri asrash uchun zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirildi.