Qidirish
03/06/24, 11:15
1065

Chorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish xalqimizni arzon va sifatli go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash demakdir!

Chorvachilik – qishloq ho‘jaligining chorva mahsulotlarini yetishtirish maqsadida chorva mollarini urchitish bilan shug‘ullanuvchi tarmog‘i. Bugun aholini go‘sht va sut mahsulotlari bilan yetarli darajada ta’minlash uchun alohida mexanizm shakllantirilib, hududlar salohiyati o‘rganilmoqda. Yurtimizda chorvachilik rivoji uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Osiyo bankining kredit mablag‘lari hisobiga O‘zbekistonda chorva mollarini yanada sog‘lomlashtirish va yaylovlarini o‘suvchanligini hamda degradatsiyani oldini olish buyicha “ECONPASS KONSALTING” kompaniyasi xodimlari bilan suhbat o‘tkazildi.

Muloqot jarayonida chorvachilik milliy iqtisodiyotning asosiy sohalaridan biri ekanligi, hududlarda oziq-ovqat mahsulotlari, chorva va parranda yetishtirish uchun juda katta imkoniyatlar borligi qayd etildi. Suhbat so‘nggida istiqbolli kelishuvlarga erishildi.