Qidirish
15/09/23, 10:07
2056

Daraxt ekish, bog‘lar yaratish xayrli va savob ish!

So‘nggi yillarda aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda. Qimmatbaho navli daraxt va butalar kesilishiga moratoriy joriy qilinishi, daraxt kesganlik holatlari uchun jarima va kompensatsiyalar miqdorining oshirilishi shular jumlasidandir.

Darg‘om DUIChK tomonidan Samarqand viloyati o‘rmon xo‘jaliklari rahbarlari va tegishli mutaxassislar ishtirokida ko‘chat nihollarni parvarishlash hamda kuzgi o‘rmon ekish ishlariga tayyorgalik ko‘rish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Qayd etish lozimki, daraxt, butalar va yashil hududlarni muhofaza qilish, ularning maydonlarini kengaytirish, ushbu sohada mas'ul tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda daraxtlarni ekish va parvarish qilish sohasidagi davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida bir qator hujjatlar qabul qilingan.

Daraxt ekish, bog‘lar yaratish xayrli va savob ish, ekilgan nihollarni parvarishlash, voyaga yetkazish katta mehnat, vaqt va mablag‘ talab qiladi. Shunday ekan, mavjud yashil mintaqalarni avaylab asrash, ularga zarar yetkazmaslik har birimizning burchimizdir.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati