Qidirish
22/12/23, 17:00
1103

Daraxt ekishni qadriyat sifatida qabul qilaylik!

Daraxt ekish va uni parvarishlashni majburiyat emas, qadriyat sifatida qabul qilishimiz kerak.  Har birimiz kelajak avlod oldidagi burchimizni chuqur his qilgan holda, “Yashil makon” loyihasini umumxalq milliy harakatiga aylantiraylik! Toki, bizdan farzandlarimizga obod, yashillikka burkangan go‘zal Vatan meros qolsin!

Ma'lumki, joriy yilning 11oktyabrь kuni davlat rahbari raisligida yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan usuvor vazifalar ijrosini ta'minlash, shuningdek, respublika hududlarida joriy yil kuz mavsumida ko‘kalamzorlashtirish, manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish tadbirlarini tizimli va uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 23 oktyabrdagi  tegishli farmoyishi qabul qilindi. Mazkur farmoyish bilan respublika hududlarida joriy yil kuzgi ko‘chat ekish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari doirasida 85,3 mln dona daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi belgilandi.

Hozirgi kunga qadar “yashilmakon.eco” elektron platformasidagi tasdiqlangan ma'lumotlarga ko‘ra, hududlarda 91,3 mln dona (rejaga nisbatan 107%) ko‘chat ekilishi ta'minlandi. Shuningdek, ushbu tadbirlar doirasida o‘rmon fondi yer maydonlarida 5mlndona daraxt ko‘chatlarini ekish belgilangan bo‘lib, o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan o‘rmon barpo etish va qayta tiklash tadbirlari uchun bugungi kunga qadar 5 mln dona (100 %) ko‘chatlar ekildi.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi tizimidagi  o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan niholxona  va ko‘chatxonalar maydoni 1,3 ming  gektarga yetkazildi. Daraxt va butalarning 1,1 ming tonna urug‘lar jamg‘arilib, o‘rmon barpo qilish va ko‘chatxonalarni tashkil etish tadbirlari uchun sarflandi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 30turdagitez o‘suvchi va yaproqbarglilar, 15 turdagi mevalilar,  8 turdagi igna barglilar, 4 turdagi  yong‘oq mevalilar, 6 turdagi cho‘l o‘simliklari hamda 13 turdagi manzarali butalarning 120 mln dona nihol va ko‘chatlari yetishtirildi. Yetishtirilgan ko‘chatlar talabdan kelib chiqqan holda  “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekuvchilarga yetkazib berildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida  2023 yil kuz mavsumida o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan ko‘chat yetkazib berish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘rmon xo‘jaliklari tomonidan topshiriqqa asosan talabdan kelib chiqqan holda 21 mln ko‘chatlar yetkazib berildi. Shu bilan birga respublika bo‘yicha 9443 ta mahallalarning har bir mahallaga 200 donadan bepul ko‘chat yetkazib berish bo‘yicha bo‘yicha taqsimot ishlab chiqilib, hozirgi kunga qadar 2mln dona ko‘chatlar bepul yetkazildi. Mavjud 6739 tamaktabgacha ta'lim tashkilotlariga bugungi kunga qadar 813 ming ko‘chatlar bepul tarqatildi.

3273 ta sog‘liqni saqlash muassasalariga bugungi kunga qadar 900 mingdan ortiq ko‘chatlar shartnoma asosida yetkazib berildi.

Orol dengizining suvi qurigan tubida 100 mingg yektar maydonda “yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlarini barpo etish bo‘yicha barcha tashkiliy va amaliy choralar ko‘rildi. Xususan, soha olimlari tomonidan Orol dengizining qurigan tubida o‘tkazilgan monitoring natijalari bo‘yicha ishchi guruhlarning takliflarini inobatga olib,  2023 yilda “yashil qoplamalar” barpo etish bilan bog‘liq barcha tadbirlarni qamrab olgan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlandi. “Yashil qoplamalar” barpo etiladigan hududlarda o‘rganish ishlari amalga oshirilib, loyiha va xaritalar ishlab chiqilgan hamdasaksovul, cherkez, qoraburoq, qandim, teresken, keyreuk, baliqko‘z kabi o‘simliklar turlari tanlab olingan.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida, 2023 yilda Orol dengizining qurigan tubida qum ko‘chishi hamda cho‘llanish, qurg‘oqchilik, chang-qum bo‘ronlarini ko‘tarilishini bartaraf etish maqsadida jami 127 ming 819 gektar, shundan cho‘l o‘simliklarining  urug‘idan 121 ming 938 gektar va ko‘chatidan 5 ming 881 gektar maydonda “yashil qoplamalar”barpo etildi.

Joriy yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ekologik holatni yanada yaxshilash maqsadida jami 457,1 gektar  maydonda “yashil bog‘lar”barpo etish belgilangan.

Bugungi kunga qadar jami 134 ta mahalliy kengashlarning “yashil bog‘lar”barpo etish maqsadida yer ajratish bo‘yicha tegishli qarorlari qabul qilingan. Hozirda  “Yashil hudud” DUK va uning hududiy korxonalari tomonidan jami 382 gektar maydonda yer tayyorlash ishlari amalga oshirildi.  295 gektar maydonda 111,5 ming dona ko‘chatlar ekilib, 90 ta“yashil bog‘lar”barpo etildi. Hududlarda “yashil bog‘lar” barpo etish rejalari joriy yil yakuniga qadar to‘liq bajarilishi choralari ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida "Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.