Qidirish
17/03/23, 17:56
941

Daraxtlarni muhofaza qilish faqat shu soha xodimlarining ishi emas, balki barchaning burchidir

Bugungi kunda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni taʼminlash sohasida izchil ishlar olib borilmoqda. Bu borada esa atrof-muhit muhofazasi nihoyatda muhim.

Navoiy viloyati Navoiy shahrida tashkil etilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi seminarda shular xususida soʻz bordi. Shuningdek, seminar davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda tashkil etilayotgan koʻkalamzorlashtirish masalalari ham muhokama qilindi.

Seminar davomida mutaxassislar koʻchat ekish naqadar dolzab boʻlsa, uni asrash shu kabi muhim ekanligini qayd etdi. Daraxtlarni muhofaza qilish faqat shu soha xodimlarining ishi emas, balki barchaning burchi ekanligi taʼkidlandi.

Navoiy shahrining Tinchlik qoʻrgʻoni hududida 5 gektar maydonda yashil makon dasturi boʻyicha bahorgi ekish ishlariga start berildi. 2000 ming dona manzarali, 1000 dona mevali koʻchat, 500 dona pavloniya koʻchatlari ekildi.

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi axborot xizmati.