Qidirish
29/09/23, 16:14
673

Daraxtlarni shunchaki ekish bilan kifoyalanmaslik kerak, balki katta, ulg‘aygan holga qadar yetkazish lozim

Dunyo bo‘yicha global iqlim o‘zgarishlari jadallashganligi natijasida atmosfera havosining buzilishi va uning salbiy ta'siri barcha jabhalarda, ayniqsa insonlarni yashash tarzida jiddiy sezilmoqda. Mazkur muammolarni oldini olish maqsadida hududlarda daraxtlar ko‘chatlarini ekish tadbirlariga Davlat va Hukumat darajasida alohida e'tibor qaratilgan.

Davlat rahbarining tashabbusi bilan yurtimiz bo‘ylab boshlangan «Yashil makon» umummilliy harakati O‘zbekistonning har qarich yerini chinakamiga yashillikka burkash, toza va musaffo havoga boy, sog‘lom va qadri baland insonlar yashaydigan mamlakatga aylantirishda ulkan qadam bo‘ldi.


Mamlakatning barcha shahar va qishloqlarida yirik hajmdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Jarayonga mos holda ob'ektlar atrofida ko‘kalamzorlashtirish va landshaft dizaynini yaratish ham urf bo‘lgan. Buning uchun mahalliy sharoitga moslasha oladigan manzarali yaproq va ninabargli daraxt hamda gul ko‘chatlarini yetishtirish lozim.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori N.J.Bakirov boshchiligida Yangi Toshkent hududida ham 50 gektar maydonda iqlim sharoitiga mos bo‘lgan manzarali daraxt va butalar ko‘chatlarini yetishtirish maqsadida Toshkent viloyatidagi davlat o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati.