Qidirish
23/10/23, 09:43
231

Daraxtzorlar havo tozaligini ta'minlaydigan, yurtga ko‘rk bag‘ishlaydigan boylikdir!

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Gulobod mahallasi hududida yashil bog‘ga ajratilgan 1.5 gektar yer maydonini O‘rmon xo‘jaligi agentligi huzuridagi Yashil hudud davlat unitar korxonasi tomonidan yashil bog‘ga ko‘chat ekish, yer tayyorlash hamda 2 kun davomida ko‘chat ekish uchun chuqur kovlash ishlari ham tugallandi.

Endi bu hududga 5.6 sxemada jami 560 dona manzarali ko‘chatlar ekiladi. Shundan, klyon 140 ta, ipak akatsiya 140 ta, katalpa 140 ta va yaponskiy sofora 140 tani tashkil etmoqda.

Yurtimizni ekologik tahdidlarning salbiy ta'siridan himoya qilish maqsadida barcha hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlari muntazam tashkil etiladi.