Qidirish
16/05/23, 11:11
448

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini baholash mezonlari mavzusida seminar tashkil etildi

2022-yilning ikkinchi yarmi qamrab olingan davr uchun davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi natijalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 44 ta davlat organi tomonidan ochiqlikni ta’minlash faoliyati “sariq” toifadagi samaradorlik ko‘rsatkichlari qayd etildi. Shu bilan birga, mazkur farmonning 12-bandiga asosan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan xodimlarini muntazam o‘qitish va malakasini oshirish vazifasi belgilangan.

Yo‘l qo‘yilayotgan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish hamda ularning ochiqlikni ta’minlash yo‘nalishidagi faoliyatini yaxshilash, Ochiqlik indeksi yuzasidan atroflicha tushuntirish berish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari uchun seminar o‘tkazildi.

Seminarda mutaxassislar tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususidagi ma’lumotlar taqdim etildi.

   Xulosa qilib aytganda, Davlat organlari va tashkilotlari ochiqligini ta’minlash maqsadida o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida ma’lumotlarni o‘z vaqtida va sifatli joylashtirishi davlat boshqaruvi organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi muloqotning qaror topishi, hukumatga bo‘lgan ishonchning yanada oshishida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ya’ni, fuqarolar bilan ochiq va oshkora muloqotning yo‘lga qo‘yilishi faoliyat samaradorligini oshiradi.

Shuningdek, byudjet tizimi, barcha darajalardagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini shakllantirish va ijro etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan aholining xabardor bo‘lishini ta’minlaydi.

   Shu munosabat bilan, Davlat organlari va tashkilotlarining byudjet jarayoni ochiqligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan xodimlaridan «Byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma’lumotlarni joylashtirish tartibi to‘g‘risida nizom» da (Ro‘yxat raqami 3299) belgilangan talablar asosida: - ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlarda belgilangan muddat va shakllarda, to‘liq joylashtirib borishi hamaytildi.

Uchrashuv yakunida tegishli vazifalar belgilab olindi.


Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati