Qidirish
01/11/24, 10:26
616

Davlatimiz rahbari “Yangi Navoiy” shaharchasi qurilish maydonida boʻlib, nuroniylar va ziyolilar bilan suhbatlashdi

Loyiha uchun 1 ming 100 gektar yer Karmana tumanidan Navoiy shahriga oʻtkazilgan. Birinchi bosqichda 450 gektar maydonda qurilish rejalashtirilgan.

Shaharchada 7-22 qavatli uy-joylar, 4 ming 170 oʻrinli umumtaʼlim maktablari, 1 ming 620 oʻrinli bogʻchalar, poliklinika barpo etiladi. “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi, Navoiy davlat pedagogika institutining yangi kampusi ham shu yerda boʻladi.