Qidirish
09/09/24, 14:15
1060

Do‘lana: qurg‘oqchilikka chidamli, sersuv meva

Do‘lana (Crataegus L.) —raʼnoguldoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta yoki. Uning dunyoda 890 turi bor, shundan 10 turi O‘zbekistonda o‘sadi. Yurtimizning tog‘li tumanlarida, dengiz sathidan 1000–1500 m balandlikda, ko‘pincha, yakka holda usadi, baʼzan kichik do‘lanazorlar ham uchraydi.

Ushbu o‘simlik qurg‘oqchilikka ancha chidamli va har qanday yerda o‘saveradi, doimiy mo‘l hosil beradi. Avgust-sentyabr oylarida pishadi.

Mevasi mayda, sersuv, shirin, rangi qizildan sariqqacha bo‘ladi. Uni yangiligida isteʼmol qilinadi. Sanoatda undan spirt ham olinadi.

Mevasi tarkibidagi fermentlar inson organizmidagi gormonlarga ijobiy taʼsir qiladi. Bu esa odamdagi depressiya, surunkali charchoq va asabiylashish asoratlarini yengishga yordam beradi.

Shuningdek, do‘lanadan tayyorlangan ekstraktni qabul qilish orqali inson o‘zidagi xavotirni yo‘qotadi. Shu sababli, u ko‘p yillar davomida tabiiy tinchlantiruvchi vosita sifatida qo‘llanilgan.