DOLZARB MAVZU
Yozning jaziramasida havo haroratining keskin ko‘tarilib ketishi nafaqat insonlarga, balki tabiatga ham ko‘pgina noqulaylik va ko‘ngilsizliklarni keltirib chiqaradi. Bu borada eng to‘g‘ri yechim bu tabiatdagi yashillikni saqlashdir.
Yashil olam, ayniqsa, diqqinafas shahar havosini 2-8 darajaga salqinlashtiradi. Bitta daraxt yiliga 15 ming litrgacha suvni tuproqda saqlaydi.
Daraxtlarning atrof muhitga berayotgan foydasi tufayli megapolislar har yili 150 million dollarga yaqin mablag‘ tejaydi.
Demak, yashillikning ko‘payishi ham daromadni tejashda, ham insonlar salomatligini saqlashda, bu orqali insonlar yomon ekologiya sababli yo‘liqadigan xastaliklarning oldini olib, ularning ham karmoniga foyda kelitirishda muhim ahamiyatga ega.
Qolaversa, yashil hududlar shaharda qulay ekologik muhitini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ular kislorod chiqaradi, chang miqdorini kamaytiradi, shovqinni yutadi va o‘ziga xos mikroiqlim yaratadi.
Tabiatni va yashillikni aslligidek saqlaylik!