Ekilgan ko‘chatlarda tomchilatib sug‘orish ishlarini joriy qilish yo‘lga qo‘yilgan
Belgilangan tartibga ko‘ra, Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligi 21- nazorat hududi Shavazsoy bo‘limining 11100 gektar yer maydoni va moddiy boyliklari “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJga doimiy foydalanish maqsadida balasdan balansga o‘tkazib berilgan.
Hozirgi kunda ushbu yer maydonlari alohida muhofaza etiladigan hudud hisoblanib, madaniy o‘rmon ekish,ularni parvarishlash, maxsus texnikalar yordamida sug‘orish ishlari hamda o‘rmonlarni tabiiy o‘sishga ko‘maklashish ishlari olib borilmoqda. Buning natijasida ushbu hududdagi fauna va flora, o‘simlik va hayvonot dunyosining tabiiy ko‘payishiga va yaxshilanishiga olib keldi. Xo‘jalikning Nurobod bo‘limining 25 km masofadagi avtomobil yo‘lining ikki tomonlama manzarali va mevali ko‘chatlar ekilib, kundan kunga obod bo‘lib bormoqda. Ushbu ekilgan ko‘chatlarning ko‘karuvchanligini 100%ga erishish maqsadida maxsus avtomobillarda sug‘orish ishlari olib borildi. Ekilgan ko‘chatlarda tomchilatib sug‘orish ishlarini joriy qilish yo‘lga qo‘yilgan.Ushbu hududga hozirgi kunda 300 mingdan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekilgan va alohida muhofaza qilinmoqda.
Xo‘jalik tomonidan ushbu hududga ma'sul shaxslar va ishchi xodimlar birktirilgan.O‘rmon nozirlari tomonidan mahalliy aholi o‘rtasida tabiatni asrash va saqlash yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlarining olib borilishi natijasida qonunbuzarlik hamda chorva mollar tomonidan madaniy o‘rmon ekinlarining payxon qilinshi holatlarining oldi olindi.