Ekologik va ijtimoiy kafolatlar hamda Gender bo‘yicha harakatlar rejasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash
Joriy yilning 25 yanvar sanasida O‘rmon xo‘jaligi agentligda Yevropa Investisiya banki va Fransiya Taraqqiyot Agentligi moliyalashtirayotgan “Orol dengizi havzasining quyi qismida degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash” loyihasining texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun jalb etilgan konsultantlar guruhi bilan agentlikning mas’ul xodimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida loyihaga doir ikki hujjat Ekologik va ijtimoiy kafolatlar hamda Gender bo‘yicha harakatlar rejasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash rejasi birgalikda muhokama qilindi.
Gender strategiyasi asosida tuzilgan tizim, har bir sohada, hususan, siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta’lim, ilm-fan, sport munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligini mustahkamlashni maqsad qilib quyadi.
Ma’lumki, mamlakatimizda gender tenglik masalasi yangi tashabbuschi qarorlar va shu yunalishdagi sayi harakatlar ularok tez sur’atda barcha tarmoqga tadbiq etilmoqda. O‘rmon xo‘jaligi agentligi ushbu yunalishda chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xorijlik ekspertlar bilan hamkorlikdan yaxshi natijalar kutmoqda. Loiyha uchun zarur bo‘lgan ikki hujjat Ekologik va ijtimoiy kafolatlar hamda Gender bo‘yicha harakatlar rejasi qabul qilinishidan oldin keng jamoatchilik fikrini inobatga olish maqsadida hujjatlar agentlikning resurs portaliga yuklatiladi.
O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati.