Qidirish
11/04/23, 15:03
417

Feyklarga qarshi kurashish axborot xizmatlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi

So‘nggi kunlarda “feyk”, “fake news” so‘zlariga tez-tez duch kelamiz. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, termin sifatida ular yaqin o‘tmishda iste’molga kiritilgan bo‘lsa ham, yolg‘on axborot tarqatish tarixi ancha uzoqqa borib taqaladi. Feyklarga qarshi kurashish muhim. Chunki ular barqarorlik va xavfsizlikka haqiqiy tahdid ko‘rsata olishi faktlar bilan isbotlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli topshirig‘iga muvofiq, joriy yilning 4-6 aprel kunlari 2 guruhga bo‘lingan holda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining tadbirlar zalida (Navoiy ko‘chasi, 30-uy, 4-k

qavat) «Axborot xizmatlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan, inqirozli kommunikatsiya, dezinformatsiya va feyk xabarlarga qarshi kurashish, qisqa va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish» mavzusida Amerika Qo‘shma Shtatlaridan kelgan mashxur ekspert Bob Djensen ishtirokida Axborot xizmati rahbarlari uchun seminar- trening tashkil qilindi.


Mazkur seminar-treningda Axborot xizmati rahbari- matbuot kotiblarining shaxsan ishtiroki ta’minlandi.