Qidirish
30/05/24, 17:19
888

Gender tengligiga erishish usullari va yondashuvlari qanday?

Toshkent viloyati,Bo‘stonliq tumani, Chimyon qishlog‘i, “LAYNER Mountain Resort Complex” tog‘-kurort majmuasida soat 12 da ekologik muammolarning (yer degradatsiyasi muammolarini o‘z ichiga olgan xolda) xotin-qizlarga ta’siri bo‘yicha darslar tashkil etildi.

“Gender tengligiga erishish usullari va yondashuvlari” mavzusida tashkil etilgan maxsus dars treningning maqsadi ishtirokchilarning kompleks gender yondashuvining asosiy tamoyillari, usul va vositalarini ekologiya va qishloq xo‘jaligi sohalarida, shuningdek, o‘z kasbiy faoliyati davomida qo‘llashga oid bilimlarini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Treningda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi, Mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

Darslar davomida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarning kompleks gender yondashuvi va gender tengligiga oid tushunchalarini yanada kengaytirish, gender stereotiplarini yengish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirish, ishtirokchilarni gender tengligini ta’minlashga oid xalqaro talablar va milliy qonunchilik asoslari bilan tanishtirish hamda ishtirokchilarni o‘z kasbiy faoliyatida kompleks gender yondashuvini tamoyillari hamda vositalarini qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish borasida ma’lumotlar taqdim etildi. Ekologiya va qishloq xo‘jaligi sohalarida gender statistikasini to‘plash va tahlil qilish usullarini o‘rgatish hamda idora va tashkilotlarda gender tengligini ta’minlash samaradorligini oshirish uchun gender-huquqiy ekspertiza va genderga oid audit ahamiyatini tushuntirish hamda gender audit jarayoni bilan tanishtirish kabi vazifalar belgilab olindi.

Trening natijasida ishtirokchilar gender tengligi tushunchasi, gender stereotiplari haqida ma’lumotga ega bo‘ladi, o‘z huquq va imkoniyatlari borasidagi bilimlarini oshirdi. Ularda kasbiy faoliyati, xususan ekologiya qishloq xo‘jaligi va o‘rmon sohalari hamda kompleks gender yondashuvi o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida tasavvur hosil bo‘ldi. Mustaqil ravishda o‘z sohasi doirasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish jarayonida gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, o‘z faoliyat sohasi doirasida qabul qilinayotgan barcha qarorlarning gender aspektlarini inobatga olish, gender audit o‘tkazish malakasiga ega bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

Trening kurs bosqichlari trening uchun o‘quv materiallarini tayyorlashdan, trening davomida o‘quv materiallarini aprobatsiya qilishdan hamda tayyorlanayotgan o‘quv-uslubiy materiallarni o‘qitish va qayta ko‘rib chiqish jarayonida, ishtirokchilarning fikrlarini hisobga olgan holda baholashdan iborat bo‘ldi.

Darslar jarayonida ishtirokchilar kompleks gender yondashuvi bilan yaqindan tanishdi.