Qidirish
12/02/25, 18:43
267

Germaniyada an'anaviy BIOFACH – 2025 xalqaro ko‘rgazmasi o'tkazilmoqda

Shu kunlarda Germaniyaning Nyurnberg shahrida BIOFACH – 2025 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu xalqaro tadbir o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan dorivor o‘simliklarni Yevropa davlatlariga eksport qilish imkoniyatini oshirishi bilan ahamiyatlidir. Bundan tashqari, biznes hamkorlar o'rtasida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish uchun muhim muloqot maydoni bo'lib xizmat qiladi.

Bu galgi ko'rgazmada ham o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan dorivor o‘simliklarni Yevropa davlatlariga eksportini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muloqotlar olib borilmoqda.

Ma'lumot o'rnida aytish joizki, BioFach - organik oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi bo'yicha dunyodagi eng yirik savdo yarmarkasi hisoblanadi. Xalqaro ko'rgazma birinchi marta 1999-yilda tashkil etilgan bo'lib, har yili fevral oyida Germaniyaning Nyurnberg shahrida o'tkaziladi. U 130 ga yaqin mamlakatdan 46700 ga yaqin biznes hamkorlarni birlashtiradi.