Qidirish
08/04/24, 11:28
991

Har bir fuqaro o‘zi istiqomat qilayotgan maskanning obodligi, ko‘rkamligi yo‘lida faol ishtirokchiga aylanishi lozim

Yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning eng muhim vazifalaridan biri inson hayot sifati va farovonligini oshirishdan iborat bo‘lib, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, munosib yashash sharoitlari bilan ta'minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish belgilab qo‘yildi.

Poytaxtda o‘rmon xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tadbir tashkil etildi. Tadbirda soha mas'ullari ishtirok etdi va turli mavzularda mar'ruzalarni taqdim etdi.

Ishtirokchilar “Yashil makon” loyihasi kelajakka daxldor hayotiy harakat butun el-yurtimizni yagona ulug‘vor maqsad atrofida jipslashtira olishini ta'kidladi. Umummilliy loyihani qo‘llab-quvvatlagan xalqimiz allaqachon mahallalari va oilalariga tegishli bo‘sh joylarga yaxshi niyat bilan nihol qadashni boshlab yuborishganini qayd etdi.

Har bir fuqaro o‘zi istiqomat qilayotgan maskanning obodligi, ko‘rkamligi yo‘lida faol ishtirokchiga aylanishi lozim.