Qidirish
27/10/23, 06:35
1072

Har bir hududga mos ko‘chat ekiladi

Mamlakatimizda 25 oktyabrdan 1 dekabrgacha kuzgi daraxt ekish mavsumi doirasida 85 mln tup ko‘chat ekish rejalashtirilmoqda. Davlat rahbari tomonidan har bir mahalla va tumanda qaysi daraxt yaxshi ko‘karishini odamlarning o‘zi yaxshi bilishi, shu bois ko‘chat turini aholi bilan bamaslahat tanlash kerakligi qayd etilgan. Shuningdek, o‘rmonchilar seminarlar tashkil qilib, daraxt va buta ko‘atlarini ekishda aholiga tavsiya va maslahatlar ham bermoqda.

Jizzax viloyati Zafarobod tumani Samarqand mahallasi hududida yashil bog‘ga ajratilgan 1.2 gektar yer maydonida O‘rmon xo‘jaligi agentligi huzuridagi Yashil hudud davlat unitar korxonasi tomonidan yashil boqqa aylantirish maqsadida ko‘chat ekish uchun yer tayorlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur hududga 6×5 sxemadagi Katalpa 100 ta, Yasin 200 ta, Suriya atirguli 50 ta, Amorfa 50 ta kabi jami 400 ta ko‘chat turlari ekilishi rejalashtirilgan.