Har bir murojaat yechimi soha rivojiga xizmat qiladi
O‘rmon xo‘jaligi agentligi markaziy apparatiga 2023 yil birinchi yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 452 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,6 foizga kamaygan.
Murojaatlarning 99 foizi jismoniy shaxslardan va 1 foizi yuridik shaxslardan kelgan. Murojaatlarni shakllari bo‘yicha: 48 tasi (10,6%) yozma, 299 tasi (66,2%) elektron, 105 tasi (23,2%) og‘zaki murojaatlardan iborat. Jumladan, 220 ta (48,7%) – bevosita, 232 (51,3%) – Virtual qabulxonalar orqali kelib tushgan.
Murojaatlarning ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra, 58,8 foizi – qanoatlantirilgan, 26,3 foiziga – tegishli tushuntirishlar berilgan, 5,3 foizi – tegishligi bo‘yicha boshqa davlat organlariga yuborilgan va 6,6 foizi -qonunning 30-moddasiga asosan ko‘rib chiqish tugatilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining asosiy qismi quyidagi sohalar bo‘yicha kelib tushgan:
2,4 % – o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari va xodimlarining faoliyati, 70,1 % – o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish va shartnomalar tuzilishi va boshqa noqonuniy xatti-harakatlar, 11,1 % – ijtimoiy va 15,5 % – boshqa masalalar. Hududlar kesimiga ko‘ra, murojaatlarning asosiy qismi Qashqadaryo (19,2%), Surxondaryo (19,5%), Toshkent (10,1%), Jizzax (8,8 %) Samarqand (6,4%), va viloyatlari aholisiga to‘g‘ri keladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida tashkil etish, rahbar xodimlarni xalq bilan muloqotga kirishlari uchun asos yaratish maqsadida joylarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda. Joylarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar natijasida xalq bilan ochiq muloqot qilish, aholining talab va takliflarini o‘rganish, ularning dardlarini tinglash, muammolarni imkon darajasida joyida hal etilishiga erishilmoqda.
Har haftaning juma kuni murojaatlar bilan ishlash holatini muhokama qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib unda murojaatlar bilan ishlashning ahvolini tanqidiy muhokama qilinib kelinmoqda.
Shu bilan birga takroriylarining ko‘payishi holatlari hamda mavjud xato va kamchiliklarning sabablari chuqur tahlil qilinib, kelgusida ularning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati