Qidirish
17/04/24, 10:37
994

Har mehnatning munosib rahbati bor!

Mashaqqatli mehnat munosib taqdirlanishi kerak.

Jizzax viloyati Baxmal davlat o‘rmon xo‘jaligida tashkil etilgan tadbirda uzoq va samarali mehnat qilib, fidoiyligi bilan xodimlarga namuna bo‘lib kelayotgan "Qoraqishloq" o‘rmon bo‘limi Jo‘m-jo‘m aylanmasi o‘rmonchisi Norbo‘ta Qulmatov nafaqaga kuzatildi.
Soha mas’ullari fidoyi xodimning uzoq yillar davomida amalga oshirgan mehnatlarini e’tirof etdi.

Norbo‘ta Qulmatovning umrining asosiy qismi o‘rmon xo‘jaligida o‘tdi. U 1987-yildan to bugunga qadar 37-yil davomida o‘rmonchilik rivojiga hissa qo‘shdi.

Xalqimizda, “Yaxshidan bog‘ qoladi” degan naql bor. Norbo‘ta Qulmatovning o‘rmon xo‘jaligining rivoji va kengayishida xizmati katta. Tadbir davomida mehnatkash xodimning sha’niga iliq fikrlar bildirildi. Hamkasblar ustozga kelgusida uzoq umi, salomatlik, mazmunli umr tilashdi.

- Ona tabiatni asrash muqaddas burch deydi, N.Qulmatov.- Baland daraxt bo‘lmoqqa yillar kerak". Bugun, men o‘z sohamni tanlab adashmaganligimga yana bir bor amin bo‘ldim. Mehnatlarim bejiz emasligini angladim. Cheksiz hurmat va e’tibor uchun mutasaddilarga ham o‘zimning minnatdorchiligimni bildiraman.

Tadbir so‘nggida N.Qulmatovga tashkilot tomonidan esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

D Boboyeva