Qidirish
06/12/23, 16:09
2161

Har qanday zo‘ravonlikka munosib jazo muqarrar

Gender tengligi hozirgi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Aslini olganda, har bir mamlakatda mazkur printsip amal qilinishi lozim.

So‘nggi yillarda gender tenglikni ta'minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo‘yicha bir necha yo‘nalishlarda ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekistonda fuqarolarni zo‘ravonlikdan himoyalash, har qanday zo‘ravonlikka munosib jazo tayinlash milliy qonunchiligimizda qat'iy belgilab qo‘yilgan. Ya'ni, ko‘cha-ko‘yda begona insonni haqoratlash yoki unga tan jarohati yetkazish qanday javobgarlikka tortilsa, oiladagi shaxsga nisbatan zo‘ravonlik uchun ham ana shunday jazo belgilangan. Bunday vaziyatda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarni reabilitatsiya qilish institutlarining faoliyati muhim ahamiyatga ega.

25 noyabrь - Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi mutasaddilari tomonidan soha vakillari ishtirokida zoom platformasi orqali “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlash lozimki, 2014 yilda BMT Bosh kotibi xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarni bartaraf etishga qaratilgan “UNiTE” nomli tashabbusini ochiq deb e'lon qiladi. Shu munosabat bilan har yili dunyo miqyosida 25 noyabrdan 10 dekabrga qadar “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida turli tadbirlar o‘tkaziladi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati.