Qidirish
17/03/23, 17:50
442

Hashar elga yarashar

Obod yurtning fayzi, tarovati ham oʻzgacha boʻladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada koʻrkam boʻlishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim oʻrin tutadi.

“Hashar – elga yarashar” degan maqol bejiz aytilmagan. Hasharda xalqimizga xos bagʻrikenglik, oʻzaro hamjihatlik, uyushqoqlik bilan amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi hududida hashar boʻlib oʻtdi. Hasharda barcha xodimlar faollik koʻrsatib, Oʻrmon xoʻjaligi agentligining ichki hududi, uning yon atroflari tozalanib, daraxt koʻchatlari oqlandi, tozalandi, hudud atrofidagi gullar sugʻorildi, shuningdek, yana turli gullar, daraxtlar ekildi. Atrofdagi chiqindilar olib chiqildi.