Qidirish
22/01/24, 17:57
1017

Hech bir murojaat e'tiborsiz qoldirilmasligi lozim

O‘rmon xo‘jaligi agentligi markaziy apparatiga 2023 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 909 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,9 foizga kamaygan. Murojaatlarning 99 foizi jismoniy shaxslardan va 1 foizi yuridik shaxslardan kelgan.

Murojaatlarning ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra, 57,3 foizi - qanoatlantirilgan, 27,6 foiziga - tegishli tushuntirishlar berilgan, 10,3 foizi - tegishligi bo‘yicha boshqa davlat organlariga yuborilgan va 4,8 foizi -qonunning 30-moddasiga asosan ko‘rib chiqish tugatilgan.

Hududlar kesimiga ko‘ra, murojaatlarning asosiy qismi Surxondaryo (19,1%), Qashqadaryo (18,0%), Toshkent (13,4%), Namangan (8,8 %) Samarqand (7,8%), va viloyatlari aholisiga to‘g‘ri keladi.

Qayd etish lozimki, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining asosiy qismi quyidagi sohalar bo‘yicha kelib tushgan: 3,1 % - o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari va xodimlarining faoliyati, 70,9 % - o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish va shartnomalar tuzilishi va boshqa noqonuniy xatti-harakatlar, 9,3 % - ijtimoiy va 16,7 % - boshqa masalalar.

Joylarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar natijasida xalq bilan ochiq muloqot qilish, aholining talab va takliflarini o‘rganish, ularning dardlarini tinglash, muammolarni imkon darajasida joyida hal etilishiga erishilmoqda. Har haftaning juma kuni murojaatlar bilan ishlash holatini muhokama qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib unda murojaatlar bilan ishlashning ahvolini tanqidiy muhokama qilinib kelinmoqda. Shu bilan birga takroriylarining ko‘payishi holatlari hamda mavjud xato va kamchiliklarning sabablari chuqur tahlil qilinib, kelgusida ularning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati