Hududlarni ko'kalamzorlashtirish, ko'chat ekish tadbirlarini amalga oshirish hamda parvarishlash yuzasidan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2023 yil 22 sentyabr kunidagi N 604-F/9 farmoyishi hamda 2023 yil 10-noyabr kunidagi 26/33-360 topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 2024 yil 27 sentyabr kuni Jizzax viloyati Jizzax davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan o‘tgan "Toshkent-Samarqand" temir yo‘li atrofini ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda agrotexnik ishlari to‘g‘ri bajarilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktor o‘rinbosari G.K.Qurbonov boshchiligida Jizzax viloyati rahbar xodimlari bilan seminar o‘tkazildi.