Qidirish
01/11/23, 12:02
1314

Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni qanday?

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi va boshqa qator hamkor tashkilotlar tomonidan “Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni”   mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Forumda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda xotin-qizlarning o‘rni, olima ayollarning bugungi kundagi faoliyati va ijobiy tajribalari, ularning jamiyat hayotidagi va qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdagi faolligini oshirish kabi masalalar keng muhokama qilindi.

Bugun mamlakatimiz olimalari Axborot texnologiyalari,  kimyo, biotexnologiya, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda, ayniqsa faol izlanmoqdalar. Ta'lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivojida xotin-qizlarimizning ishtiroki salmoqli o‘rin tutadi.  Ayni paytda, mamlakatimizda 5 nafar akademik ayollarimiz bop, ilm-fan sohasida 5 mingga yaqin olimalar, oliy o‘quv yurtlarida esa 14 mingdan ziyod xotin-qizlar faoliyat ko‘rsatmoqda, ta'lim muassasalarida esa 4 mln.ga yaqin xotin-qizlar tahsil olmoqda. Ayniqsa, joriy o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ortig‘ini qizlar tashkil etgani barchamizni quvontiradi.

“Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni”     mavzusida o‘tkazilgan xalqaro forum mamlakatimizda xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlarning muayyan sarhisobi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. “XXI asr ayoli” festivali shubhasiz,  olima ayollar va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishda, ularning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga dadil intilishlarida rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.  Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining216-bandida “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivalinio‘tkazish belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivalini respublika va hududlar miqyosida tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida 2023-yil 31-iyulda 34-son majlisi bayoni ijro uchun yo‘naltirildi. Joriy yil sentyabrь–oktyabrь oylaridavomida mamlakatimizda olima ayollar va ilmiy izlanishlarni olib borayotgan tadqiqotchi xotin-qizlar ishtirokida forum, seminar, uchrashuv va davra suxbatlari hamda ta'lim muassasalari va mahallalarda ilmiy-amaliy va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar va ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi.

Oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida faoliyat yuritayotgan olimalar, ma'rifatparvar ayollar, “Oqila ayollar” harakati a'zolari, xorijiy kompaniyalarda samarali faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar va yirik tadbirkor ayollar, davlat mukofotlari va Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari ishtirokida “Ilm saodat kaliti”,”Bitta qiz bolani o‘qitsangiz – butun oilani o‘qitgan bo‘lasiz”, “Ayol ilmli bo‘lsa, kelajak avlod bilimli bo‘ladi” mavzularida qariyb 4,5 mingga yaqin maktablarda davra suhbatlari tashkil qilinib, 52 mingnafardan ziyod o‘quvchi qizlar qamrab olindi. Baxtli oila formulasiga oid fikrlar majmuasi va hayotiy tajribalarni baxtiyor oila timsolida yetkazish maqsadida rahbar ayollar hamda ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan xotin-qizlarni umumta'lim maktablari va o‘rta maxsus professional ta'lim muassasalarida o‘quvchi qizlari bilan 1 612 ta uchrashuvlari o‘tkazildi. Sentyabr oyi davomida o‘tkazilgan uchrashuvlarda 80 645 nafar o‘quvchi qizlar qatnashdi.

208 ta tuman (shahar)larda oktyabr oyida bandligi ta'minlanmagan xotin-qizlar uchun kasb-hunarga yo‘naltirish va “Tadbirkorlik saboqlari” bo‘yicha 208 ta o‘quv seminarlari tashkil etildi va 6875 nafar xotin-qizlar ishtirok etishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda “Ilmli ayol - jamiyat ko‘zgusi”, “Yurt taraqqiyotiga mening hissam”, “Mening birinchi yutug‘im” mavzularida 3 100 dan ziyod fleshmob va chellenjlar tashkil etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaharida 16-20 oktyabr kunlari “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivali yuqori saviyada tashkil etildi.

Festival doirasida 14 ta forum, 27 ta seminar, 39 ta davra suhbati, 41 ta uchrashuvlar o‘tkazildi va ushbu tadbirlarda 21 349 nafar xotin-qizlar ishtirok etishdi. “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi hamda ko‘rik tanlovini g‘oliblarni taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tdi.