Qidirish
08/08/23, 16:10
1128

Insoniyat tamaddunining barcha bosqichlarida sayyoramiz tabiiy boyliklari, hayvonot va nabotot olami inson hayotiy faoliyati uchun zarur ehtiyoj manbai bo‘lib kelgan.

Insoniyat oldidagi dolzarb vazifalardan biri — atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish, flora va fauna olamini asrab-avaylash, global ekologik inqirozga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi. Axir ekologlar yaqin 50 yilda sayyoramizda millionlab yillar davomida shakllangan biologik xilma-xillik qariyb 50 foizga kamayishi va bu ayanchli oqibatlarga olib kelishi haqida bizni bejiz ogohlantirmayapti.

Baxmal davlat o‘rmon xo‘jaligi qoshida 20 ta iqtidorli maktab o‘quvchilaridan «Yosh o‘rmonchilar» Faol klubi tashkil etildi.


Atrof-muhitni muhofaza qilish, kelajak avlodga tabiiy boyliklarini bus-butun yetkazish, ekologik muammolarni bartaraf etishga hissa qo‘shish oldimizda turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ekologiya bilan bog‘liq masalalar xalqaro muammoga aylanib, muayyan sharoitga moslashgan bir butun ekotizim yo‘qolib ketishiga olib kelayotgani va bunga, birinchi navbatda, antropogen omillar sabab bo‘layotgani jahon ahlini xavotirga solmoqda.

Mazkur muammolar xususida yosh avlodga tushuncha berish, ularda ona tabiatga mehr uyg‘otish bugunning muhim vazifasidir.

«Yosh o‘rmonchilar» Faol klubi faoliyati doirasida yosh o‘rmonchilarga tegishli tavsiyalar berildi.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati