Qidirish
12/09/23, 08:22
1608

“Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur”

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda zarur agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, agrar sektorda qishloq xo‘jaligi texnikasiga bo‘lgan talabni qondirish, qishloq xo‘jaligi korxonalarini ma'nan va jismonan eskirgan texnikalar o‘rniga zamonaviy va resurstejamkor texnikalar bilan ta'minlashni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish talab etiladi.

Ishtixon davlat o‘rmon xo‘jaligida sohani tubdan isloh qilish, texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilish, ilm fan va innovatsiyani joriy qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Ishtixon davlat o‘rmon xo‘jaligi mahalliy byudjetdan 82.1 Belorus traktori olib kelindi.

“Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur”,-deb bejiz aytilmagan.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlash lozimki, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalari xaridini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yagona tartibi 2023 yil 1 apreldan joriy qilingan. Prezident qarorida nazarda tutilgan subsidiyalar barcha mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchi korxonalarga tatbiq etiladi.

Tegishli ro‘yxat bo‘yicha xorijdan olib kelinadigan barcha turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlari hamda ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari 2025 yil 1 yanvargacha bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi hamda tadbirkorlarga erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab QQSni 270 kungacha kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va YaTTlarga qishloq xo‘jaligi texnikasi va agregatlarini lizingga berishga ruxsat etiladi. 2023−2024 yillarda qishloq xo‘jaligi texnikasi xaridini moliyalashtirish uchun jami 2,6 trln so‘m yo‘naltiriladi.