Qidirish
14/06/24, 09:25
45

Issiqxonalar bozor ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladi

Bir necha yildirki, issiqxonachilikni rivojlantirish borasida ko‘plab amaliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Issiqxonalar bozorlarni to‘rt faslda ham to‘kin bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi agentligi tizimidagi Nukus maxsus davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan issiqxonalarga ekilgan ko‘chat va nihollarni zararkunandalarga qarshi ishlov berilmoqda. Jarayonda barcha xodimlar faol ishtirok etmoqda.

Qayd etish lozimki, issiqxonalar faoliyatini rivojlantirish, ularni muqobil energiya masalalari bilan ta’minlashda ko‘plab imkoniyatlar taqdim etilgan, subsidiyalar joriy etilgan.

Nukus maxsus davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan ham issiqxonalardagi nihollarni parvarishlash jarayonlari o‘rganildi, zaruriy agrotexnik tadbirlar bajarildi.