Qidirish
30/05/24, 17:25
939

Istiqbolli loyiha yuzasidan tadbir tashkil etildi

Sian universitetining Integratsiyalashgan xizmatlar tarmoqlarining asosiy davlat labarotariyasi tomonidan joriy yilda “Mahalliy sun’iy yo‘ldoshlari asosida Ipak yo‘lining ekologik xavf-xatarlarini masofadan kuzatish va oldini olish texnologiyasini ishlab chiqish hamda namoyish etish” qo‘shma loyihasi doirasida birgalikda tadqiqotlar va loyihani hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha muhokama o‘ikazish taklifi kelib tushgan.

Qayd etish lozimki, O‘rmon xo‘jaligi agentligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi M. Tursunov va boshqa xodimlar Xitoy Xalq Respublikasiga borishdi. Tashrif davomida masofadan boshqarish va sun’iy yo‘ldosh orqali monitoring qilish maqsadida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha yuzasidan tadbir tashkil etildi.


Tadbir doirasida Xitoy tomoni bilan hamkorlikda GIS texnologiyalarini modellashtirish bo‘yicha ishlar olib borish, cho‘llanish va qurg‘oqchilikka uchragan yerlarni sun’iy yo‘ldosh orqali monitoring qilish va ushbu sohada tadqiqotlar olib borish, tabiiy ofatlar bo‘yicha erta ogohlantirish tizimini rivojlantirish va sun’iy yo‘ldosh orqali olingan ma’lumotlarni tahlil qilish kabi vazifalar ko‘rildi, fikrlar almashildi.

Soha vakillari mavzular yuzasidan zaruriy ma’lumotlarni taqdim etdi.