Qidirish
29/03/24, 11:47
1394

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish mumkin

Insoniyat qadim-qadimdan buyon jaholatga, bid’at va xurofotga qarshi ma’rifat bilan kurashishga intilib keladi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida mamlakatda ijtimoiy-manaviy muhit barqarorligini ta’minlash va diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirishga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.

Ta’kidlanganidek, hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning turli joylarida ro‘y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshig‘oya, jaholatgaqarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbir davomida so‘nggi yillarda tobora kuchayib, dunyo ahlini tashvishga solayotgan terrorizm va ekstremizm tahdidlari mohiyatini jaholat va murosasizlik tashkil etishi qayd etildi. Yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar aynan ilimlari sababli o‘rta asrlar sharoitida ilmu ma’rifat va ma’naviyatda shu qadar beqiyos yutuqlarga erishganligini aytildi.

Bugun mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tadbir davomida soha vakillari so‘zga chiqdi va bu borada o‘z fikr-tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.