Qidirish
13/03/24, 14:40
314

"Jannat onalarning oyog‘i ostidadir"

Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk san’at asarlari, qo‘shiq va qasidalar, me’moriy obidalar ayollar sha’niga bag‘ishlangandir.

Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

O‘rmon xo‘jaligi agentligida xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda ta’kidlanganidek, Alisher Navoiy hazratlarining "Jannat onalarning oyog‘i ostidadir" degan hikmatli so‘zlari ko‘pchilikning yodida.

Ayol bari bir ayol, qaysi sohada yoki qaysi kasbda faoliyat yuritmasin ayollik latofati yuzlarida sezilib turishi kerak, deydi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi Yulduz Oripova.- Tashkil etilgan bayram barchamiga ko‘tarinki kayiyat bag‘ishladi. Har qanday jamiyat va davlatning qay darajada xalqparvar hamda adolatli ekani uning xotin-qizlarga bo‘lgan munosabati va g‘amxo‘rligi bilan belgilanadi. Aynan xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlar sababli ayollar mamlakatimizdagi demokratik jarayonlarning, xalqchil islohotlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisiga aylanib bormoqda.

Tadbir davomida sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.Ularning sha’niga iliq tilaklar bildirildi.