Qidirish
12/03/25, 17:12
246

Jizzaxda ihota daraxtzorlari barpo etilmoqda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi O'rmon xo'jaligi agentligi direktori Erkin Muhiddinov Jizzax viloyatining Sh. Rashidov va Paxtakor tumanlari hududidan o'tuvchi M-39 va 4R-38 yo‘llarining ikki tomonida barpo etilayotgan ihota daraxtzorlari ekish tadbirida ishtirok etdi.


Jizzax shahrigacha bo'lgan masofa bo'ylab ekilayotgan ushbu ihotazorlar uchun o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 29 ming tup manzarali ko'chatlar yetkazib berilishi rejalashtirlgan. Ko'chat ekish ishlarida O'rmon xo'jaligi agentligi va viloyat hokimligi mas'ullari, ekologiya boshqarmasi hamda viloyat o'rmon xo'jaligi xodimlari faol qatnashmoqda.

Ta'kidlash joizki, barpo etilayotgan ushbu ihota daraxtzorlari hududlarda iqlim o'zgarishlarining oqibatlarini yumshatish, qum va chang bo'ronlarining oldini olish hamda atmosfera havosi tozaligini ta'minlashga xizmat qiladi.

O'rmon xo'jaligi agentligi direktori ko'chatlar ekilishini sifatli tashkil etish va parvarishlash yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berdi.