Qidirish
01/08/24, 15:18
369

Joʻja parvarishida qanday tadbirlarni amalga oshirish lozim?

Joʻjalarni uy sharoitida parvarishlash nihoyatda murakkab jarayon hisoblanadi. Qishki mavsumga parrandalar uchun qurilgan binolar oldindan tayyorlanishi kerak. Xullas joʻja parvarishi murakkab jarayondir.

Buxoro viloyati, Jondor doʻx tomonidan 7000 dona parranda joʻjalari parvarish qilinmoqda. Joʻja parvarishida barcha zaruriy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, yosh joʻjalarning oʻsishi va rivojlanishini doimiy nazorat qilish uchun ular ogʻirligi oʻlchab boriladi. Ikki oyligigacha har dekadada (10 kunda), soʻngra esa 1 oyda bir marta, 40 kunlikdan boshlab joʻjalarda birinchi qator patlarining almashinuvi hisobga olinadi. Agar patlar almashinuvi toʻxtab qolsa, bu umumiy oʻsishdan, yaʼni rivojlanishdan qolishiga sabab boʻladi.